2 409
Ehtiyojmand oilalarga 150 mlrd so‘m tarqatish yuzasidan Hukumat farmoyishi qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining koronavirus pandemiyasi davrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida farmoyishi qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Moliya vazirligining ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam berish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining zaxira jamg‘armalarini Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlari ikki kun muddatda mazkur farmoyishning ilovasiga muvofiq ajratilgan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston "Saxovat va ko‘mak" fondi orqali hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatilishini ta’minlaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari moddiy yordam uchun ajratilgan mablag‘larning manzilli va maqsadli ishlatilishini shaxsan nazoratga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir kun muddatda ko‘rsatilgan mablag‘larni ajratadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"