00:13 / 23.09.2020
5 547

Aktrisa Munojat Alimboyeva otasi o‘lmasligi uchun, bolasining o‘limiga ham rozi bo‘lgan og‘ir kunlari haqida gapirib berdi (video)

Aktrisa Munojat Alimboyeva otasi o‘lmasligi uchun, bolasining o‘limiga ham rozi bo‘lgan og‘ir kunlari haqida gapirib berdi (video)
Foto: YouTube
Aktrisa Munojat Alimboyeva otasi o‘lmasligi uchun, bolasining o‘limiga ham rozi bo‘lgan og‘ir kunlari haqida gapirib berdi.
Bu haqda aktrisa YashinTVga bergan intervyusida ma’lum qildi.

- "40 kunlik farzandim og‘ir kasal bo‘ldi. Davolanib chiqqach, bir kuchli shifokordan so‘raganimizda, «urug‘ingizda kimdadir shunaqa o‘pka-nafas olish kasalligi bor, farzandingga ham bu o‘tgan», dedi.

Dadamga «dada, bizni avlodimizda kimningdir o‘pkasi yomon ekan, shu qondan o‘tgan ekan» dedim. Dadam yoshliklarida qattiq bronxit bo‘lgan ekanlar. Dadam bu gapimni yuraklariga qattiq olibdilar, kasal bo‘lib qoldilar. «Mendan o‘tgan kasallik», deb ko‘ngillariga oldilar, qattiq kasal bo‘lib qoldilar. Endi dadamni yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin bo‘lgan xavf, xavotir farzandimdan dadamga o‘tdi.

Men bu paytda «To‘maris» roliga rozi bo‘lib, teatrga borganman. Bolam ikki-uch oylik bo‘lib qolgan.

Spektaklda To‘maris farzandini Eron shohi Kir olib qo‘yadi, «davlatingni bermasang, farzandingni o‘ldiraman», deydi. O‘shanda To‘marisning qalbi larzaga kelib, yig‘laydigan joyi bor. Shunda men har kuni shu ssenariyni o‘qiyotganimda farzandimni 40 kunlik chaqaloqligida qanaqa yo‘qotayotganimni ko‘z oldimga keltirardim.

To‘maris erini ham yo‘qotgan edi. Shu narsalarni hammasini ko‘z oldimga keltirardim. Farzand yo‘qotishning qanchalar azobliligini ko‘z oldimga keltirib, shu ssenariyni o‘qirdim.

Buyoqda dadam kasal bo‘lib qoldilar. Endi ichimda «Mayli, ey Xudo, o‘g‘limni olgin-u, faqat dadamni qaytarib bergin. Faqat dadamga hech narsa bo‘lmasin. Dadam o‘tib qolmasinlar. Men o‘g‘ilni yana tug‘ib olarman, lekin otamni qayerdan topaman? Otam o‘tib qolsalar hech qachon qaytib kelmaydilar-ku?» deb har kuni, tun-u kun Xudodan dadamni sog‘liklarini so‘rardim.

Allohga behisob shukr, dadam yaxshi bo‘lib qoldilar. Lekin o‘sha kundan boshlab, men dadam uchun qo‘rqadigan bo‘lib qoldim. Ozgina mazalari qochib qolsa ham, dadamni yo‘qotib qo‘yish xavfi doim miyamda aylanardi.

Hozir ham dadamga bir narsa bo‘lsa zirillayman. Yomon bo‘lib qolaman. Hamma farzandim der ekan, hech kim ota-onam demas ekan. Man farzandimni olgin, lekin dadamni qaytarib bergin deydigan g‘alati inson ekanman. «Farzandimni ol demasdan ham, otamni olib qo‘ymagin», desam ham bo‘ladi-ku. Yo‘q, men shu garovga kimnidir qo‘yarkanman. Bu yaxshi narsa emas ekan. Garovga kimningdir hayotini qo‘yish kerak emas ekan. Bu narsalarni endi tushundim", - deydi aktrisa va xonanda Munojat Alimboyeva.

Ma’lumot uchun, aktrisa Munojot Alimboyeva «Jaydari kelin» spektakli bilan mashhurlikka erishgan. Aktrisa «Onam bilmasin», «Dadam bilmasin», «Er bermoq, jon bermoq» filmlari va bir qancha seriallarda ham turli darajadagi rollarni ijro etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aktrisa Munojat Alimboyeva otasi o‘lmasligi uchun, bolasining o‘limiga ham rozi bo‘lgan og‘ir kunlari haqida gapirib berdi (video)