19:14 / 05.11.2020
2 057

Aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lab borish ham majburiyat, ham burchdir

Aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lab borish ham majburiyat, ham burchdir
Aliment undirish to‘g‘risidagi murojaatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hal qilish nafaqat bolalarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi, balki ota-onalar mas’uliyatini oshirishga ham ko‘maklashadi. Sariosiyo tumanida yashovchi N.Safarova oiladagi ayrim kelishmovchiliklar sabab turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgandan so‘ng, besh nafar farzandlarining moddiy ta’minoti o‘ylab sudga murojaat qildi.

Shundan so‘ng, fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudining 02.12.2019 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor B.Turdiyevdan undiruvchi N.Safarova foydasiga besh nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 50 foiz qismi miqdorida aliment undirish belgilanib, ijrosi MIB Sariosiyo tuman bo‘limi zimmasiga yuklatildi.

Byuroning tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlariga kirishilib, qarzdor ota aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamaganligi sababli bir necha bor rasmiy ogohlantirildi. Afsuski, ogohlantirishlarga qaramay aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lashdan bosh tortgan otaga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, qonuniy ko‘rib chiqishlik uchun tuman ma’muriy sudiga yuborildi.

Aliment pullarini to‘lamasa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi
tayinlanishini anglab yetgan ota jami 30 million 500 ming so‘m qarzdorligini to‘liq to‘lab berdi va rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma bekor qilindi.

Bu kabi ayrim otalarga nisbatan qonuniy ta’sir choralari qo‘llanilgandan so‘nggina aliment pullarini to‘lashga majbur bo‘lishmoqda.
Aslida amaldagi qonunlarimiz ham, dinu-diyonatimiz ham farzand tarbiyasi va uning voyaga yetgunga qadar moddiy ta’minotini ham otalar zimmasiga yuklaydi. Shunday ekan, aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lab borish ham majburiyat, ham burch demakdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lab borish ham majburiyat, ham burchdir