
Fuqarolarni qiynab kelayotgan ortiqcha ovoragarchiliklar va byurokratik to‘siqlarni qisqartirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va tadbirkorlarga yengilliklar yaratish hamda byurokratik to‘siqlarni tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni (bundan buyon matnda – Farmon) loyihasi ishlab chiqildi.
Mazkur Farmon loyihasi yurtimizda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratizm va sansalorlik kabi ma’muriy to‘siqlarni hamda eskirgan, zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Belgilanishicha, 2021 yil 1 apreldan boshlab fuqarolardan 12 turdagi ma’lumotnoma (ruhiy kasalliklar, narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi, sudlanganlik, fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy borligi yoki yo‘qligi, turar joyning maydoni, soliq qarzi bor yoki yo‘qligi, pensiya va nafaqa miqdori, nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to‘g‘risida va boshqalar.
8 turdagi hujjatni (shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi, shaxsning fotosurati, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining ma’lumotnomalari, kadastr hujjatlari, mehnat daftarchalari va ularning nusxalari, ish haqi va ish stajini, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma’lumotnomasi) kabilarini talab qilish bekor qilinmoqda.
Ushbu turdagi ma’lumotnomalar va hujjatlarni berish, ayniqsa, ulardan nusxa ko‘chirish fuqarolardan ma’lum miqdorda xarajatni talab qiladi. Hozirgi vaqtdagi tartibni misol qilib ko‘rsatadigan bo‘lsak, ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnomani olish uchun fuqarolardan BHMning 2 foizi (4.460 so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. Ushbu xizmat bo‘yicha shu yilning o‘zida 251 933 ta ariza kelib tushgan va ulardan 1 mlrd. 200 mln. so‘mdan ortiq mablag‘larining sarflanishiga sabab bo‘lgan.
Bu borada xorjiy mamlakatlar tajribasiga nazar qaratsak, jumladan, Yaponiya davlati qonunchiligida belgilanishicha tashkilotlar fuqarolardan ruhiy kasalliklar va narkologiya dispanserlarda hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma talab qilishi taqiqlangan.
Xitoyda Jamoat xavfsizligi vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi talablari bo‘yicha yo‘l harakati qoidalarini bilish darajasini aniqlash maqsadida imtihon topshirishda oldin sog‘lomligi to‘g‘risidagi guvohnoma berish talab etiladi. Mazkur guvohnomani har qanday klinikada olish mumkin. hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma tibbiyot muassasalarning narkologi va psixologi tomonidan beriladi, hamda psixologik testlar to‘g‘risida xulosa shifokor tomonidan beriladi va uning imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Kolumbiyada haydovchilik guvohnomasini olish uchun nomzod tibbiy ko‘rik o‘tish talab etiladi. Shu jumladan, ruhiy kasalliklar va narkologiya dispanserlarda hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etishi lozim, boshqa barcha hollarda tashkilotlar ruhiy kasalliklar va narkologiya dispanserlarda hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma talab qilishi mumkin emas.
Shuningdek, AQSHda ruhiy kasalliklar va narkologiya dispanserlarda hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma haydovchilik guvohnomasini olishda taqdim etiladi.
Fransiyada narkologiyaning ma’lumotnomasi surunkali alkogolizm va mast holda avtotransport vositasini boshqarganlikda aybdor bo‘lganlar shaxslarga majburiy hisoblanadi. Boshqa hollarda ya’ni, birinchi marta xaydovchilik guvohnomasini olganda ma’lumotnoma berish shar emas.
Germaniyada ham shunday tartib belgilagan, ruhiy kasalliklar shifokori va narkologdan hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma faqatgina haydovchilik guvohnomasini olishda taqdim etiladi.
Buyuk Britaniyada haydovchilik guvohnomasini olish uchun tibbiy ko‘rik xulosasi taqdim etiladi, unda ruhiy kasalliklar shifokori va narkologlardan hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnomani taqdim qilishi shart emas.
Xulosa o‘rnida shuni qayd etish keraki, Xalqaro tajribalarni o‘rganib, ruhiy kasalliklar va narkologiya dispanserlarda hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma haydovchilik guvohnomasini olishda yoki nikohdan o‘tishda ayrim davlatlarda umuman ushbu ma’lumotnomalar talab etilmaydi.
Farmon loyihasida belgilangan, 12 turdagi ma’lumotnoma berilish tartibini bekor bo‘lishi mamlakatimizda ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegishli vakolatli organlardan, shu jumladan “Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olish hisobiga fuqarolardan talab qilish amaliyoti bekor qilinishi aholiga ishga joylashish, o‘qishga kirish va boshqa holarda yengillik yaratiladi.
Bu o‘z navbatida Farmon kelajakda aholining hujjat to‘plash va doimiy ro‘yxatda turgan viloyatlariga qatnash bilan bog‘liq ovoragarchiliklari oldi olinishiga, turli idoralarda fuqarolar haqidagi ma’lumotlar yagona identifikatorlar asosida saqlanishi hisobiga barcha tizimlar o‘zaro muvofiqlashtirilishiga, tadbirkorlik sub’ektlariga qator yo‘nalishlarda qulayliklar yaratilishiga xizmat qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar