Kongo sobiq prezidenti o‘lim jazosiga hukm etildi

1 daqiqa o'qish345
Kongo sobiq prezidenti o‘lim jazosiga hukm etildi

Kongo Demokratik Respublikasida katta siyosiy rezonans keltirgan qaror qabul qilindi. Mamlakat harbiy sudi sobiq prezident Jozef Kabilani insoniyatga qarshi jinoyatlar, davlatga xiyonat va urush jinoyatlarida aybdor deb topib, uni sirtdan o‘lim jazosiga mahkum etdi. Bu haqda The Guardian xabar tarqatdi.

Sud hujjatlarida qayd etilishicha, Kabila joriy yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olonni qo‘llab-quvvatlagan, shuningdek, qotillik, zo‘rlash, qiynoqlar va isyon uyushtirish bilan bog‘liq ayblovlar yuklangan. U sud jarayonida shaxsan ishtirok etmagan va uni himoya qiladigan advokat ham tayinlanmagan.

Shu bilan birga, harbiy sud faqat jazo chorasini emas, balki tovon to‘lovini ham belgiladi. Qarorga ko‘ra, Jozef Kabila davlat va jabrlanuvchilarga jami 50 milliard dollardan ziyod kompensatsiya to‘lashi shart.

Eslatib o‘tamiz, Kabila 2001 yildan 2019 yilgacha Kongo Demokratik Respublikasi prezidenti lavozimini egallab kelgan. U ayblovlarni keskin rad etib, sud tizimini siyosiylashtirilgan deb atagan. Hozirda u asosan Janubiy Afrikada istiqomat qilmoqda. Biroq ayrim manbalarda u may oyida isyonchilar nazoratidagi Goma shahrida ko‘rinishi haqida ma’lumotlar ham qayd etilgan.

Kabilaning sobiq siyosiy raqibi, amaldagi prezident Feliks Tshisekedi esa uni fevral oyidagi isyon harakatini moliyalashtirganlikda ayblamoqda. Hukumat Kabila partiyasining faoliyatini vaqtincha to‘xtatib, unga aloqador mol-mulklarni musodara qilish jarayonini boshladi.

Kuzatuvchilar fikricha, bu qaror Kongoda allaqachon murosasiz ko‘rinishga aylangan siyosiy tanglikni yanada kuchaytirishi mumkin. Mamlakatdagi barqarorlik va xavfsizlik masalasi esa hanuz dolzarb bo‘lib turibdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?