date

Indoneziyada maktab qulab tushdi

Indoneziyada maktab qulab tushdi
Indoneziyaning Sharqiy Yava viloyatida maktab binosi qulab tushdi. Uch talaba halok bo‘ldi, 99 nafari jarohat olib shifoxonaga yotqizildi. Rasmiylar 38 kishi vayronalar ostida qolganini bildirdi.

Hodisa vaqtida yuzlab o‘quvchilar ibodatga yig‘ilgan edi. Qulash oqibatida ko‘plab talabalar chiqib ketishga ulgurmagan.

Mahalliy hokimiyat maktabda ruxsatsiz qo‘shimcha qavat qurilgani, bino poydevori esa buni ko‘tara olmaganini aytdi. Shu sababli bino butunlay qulab tushgan.

Qutqaruvchilar odamlarni chiqarish ishlarini davom ettirmoqda. Ular imkon qadar tezroq vayronalar ostidagilarni topishga harakat qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziyada maktab qulab tushdi