date

Abduqodir Husanov haqida “Siti” muxlislari qanday fikr bildirdi?

Abduqodir Husanov haqida “Siti” muxlislari qanday fikr bildirdi?

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Arsenal”ga qarshi kechgan o‘yinda jarohat olgan Abduqodir Husanov yaqin kunlarda bir nechta uchrashuvlarda ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi. Klub matbuot xizmati bu yangilikni o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali e’lon qildi.

Ayni paytda nafaqat Angliya, balki butun dunyo bo‘ylab tarqalgan “Siti” ishqibozlari o‘zbek legioneri haqida qizg‘in muhokamalar olib borishmoqda. Fanatlar Husanovning maydondagi harakatlarini yuqori baholab, uning yaqin orada safga qaytishiga umid bildirishmoqda.

Bir qator fikrlar Abduqodir Husanovning muxlislari uchun qiziq bo‘lishi tabiiy:

Greenwood Greenwood:

“Husanov himoya chizig‘ida tursa, jamoa devorday mustahkam ko‘rinadi. Uning maydondagi harakatlari xavfsizlikni ta’minlaydi.”

Tochukwu Elias:

“Abduqodir haqiqiy himoya qalqoni. Biz uning yaqin vaqtda safga qaytib, Chempionlar Ligasi g‘alabasi uchun kurashishini kutib turibmiz.”

Soumya Chattopadhyay:

“‘Arsenal’ga qarshi ajoyib o‘ynayotgandi. Sog‘lom holatda yana maydonga qaytsin.”

Okwii Richard:

“‘Arsenal’, sen Husanovning nimalarga qodir ekanini ko‘rding. Biz uni sevamiz.”

Calito De Cattz:

“Bizga uning markazdagi o‘yini juda yoqdi. Biroq u hozir o‘ng qanotda ham o‘zini ko‘rsata olyapti. Husanov tezkorligi bilan ajralib turdi va klub uchun munosib futbolchi ekanini ko‘rsatdi.”

Paul Anthony Gilleece:

“Uning salohiyati kun sayin ortayapti. Husanov yanada kuchli futbolchiga aylanmoqda.”

Undersco Ak:

“Bu yigit haqiqatan ham iqtidorli. Unga vaqt bering, natijani klubning o‘zi ko‘radi.”

Monday Eddy:

“Men ‘Arsenal’ muxlisi bo‘lsam-da, Husanovning o‘yiniga qoyil qoldim. U juda zo‘r futbolchi.”

Zambrotta à Kamara:

“U ham juda aqlli, ham jismonan baquvvat. Husanovning o‘yinini tomosha qilish zavq beradi.”

Peter Turnbull:

“Biz Abduqodirni juda yaxshi ko‘ramiz va uning ‘Siti’da uzoq yillar to‘p surishini istaymiz.”

Frank Jones:

“Pep, uni o‘ng qanotda qoldiraver. Husanov yangi Uoker bo‘lishiga ishonchimiz komil.”

Chilz Mula:

“Bizga Husanovga o‘xshagan futbolchilardan ko‘proq kerak.”

Emmanuel Akam:

“Uning tezligini ko‘rganimda, zavqlanib ketaman. Chaqqonligi ajoyib.”

Amen Alla Weslati:

“Husanov kuchli, intiluvchan va tezkor. U har doim boshlang‘ich tarkibda bo‘lishga loyiq.”

Shu tariqa, Abduqodir Husanov nafaqat “Manchester Siti”da, balki butun dunyodagi futbol muxlislari orasida ham katta hurmat va e’tiborga sazovor bo‘ldi. Hozir uning sog‘lom holatga qaytishi millionlab ishqibozlarning asosiy umidiga aylandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanov haqida “Siti” muxlislari qanday fikr bildirdi?