AQSh Kongressida kelishmovchilik sabab hukumat vaqtincha yopildi. Bu qaror davlat idoralari ishiga to‘sqinlik qiladi va yuz minglab xodimlar maosh ololmaydi.
Aviaqatnovlarda muammolar kutilmoqda. Aeroportlarda navbatlar cho‘zilishi va parvozlar kechikishi mumkin. Pasport olish jarayonlari ham sekinlashadi.
Davlat xizmatchilarining bir qismi ishga chiqmaydi. Tadqiqot va boshqa loyihalar to‘xtab qolishi mumkin. Pudratchilar esa umuman maosh olmaydi.
Milliy bog‘lar va muzeylar yopilishi ehtimol. Ba’zi xizmatlar, jumladan hayvonot bog‘i kameralari ishlamaydi. Oziq-ovqat dasturlari ham mablag‘siz qolishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar