date

Avstraliyada SPF kremlaridagi kamchiliklar fosh bo‘ldi

Avstraliyada SPF kremlaridagi kamchiliklar fosh bo‘ldi
Avstraliyada xavfsizlik sababli 18 xil quyoshdan himoya kremi savdodan olib tashlandi. Tekshiruvlar ayrim mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar ko‘rsatgan darajada himoya bermasligini aniqladi.

Masalan, 50 SPF deb yozilgan kremda amalda 4 SPF chiqdi va mahsulot qaytarib olindi. Shundan so‘ng boshqa mahsulotlarda ham shubhalar paydo bo‘ldi.

Rasmiylar yana 20 ga yaqin kremni tekshirmoqda. Ulardan ba’zilari ishlab chiqarishdan to‘xtatildi, ba’zilari vaqtincha savdodan chiqarildi.

Avstraliya teri saratoni ko‘p uchraydigan davlat hisoblanadi. Mutaxassislar bu mojaro boshqa davlatlarga ham ta’sir qilishi mumkinligini aytmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Avstraliyada SPF kremlaridagi kamchiliklar fosh bo‘ldi