20:25 / 02.04.2021
1 901

YTH oqibatida yetkazilgan 10,2 mln. so‘m moddiy zarar fuqaroga undirib berildi

YTH oqibatida yetkazilgan 10,2 mln. so‘m moddiy zarar fuqaroga undirib berildi
Majburiy ijro byurosining M.Ulug‘bek tuman bo‘limi ijro ish yurituvida Bektemir tuman sudining 01.02.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor I.Abdullayevdan undiruvchi T.Grjadno foydasiga avtotrnasport to‘qnashuvi natijasida yetkazilgan 10.292.720 so‘m moddiy zarar undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘lim ish yurituviga 02.03.2021 yil kuni kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha bo‘lim davlat ijrochisi Z.Inoyatova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

Qarzdor tomonidan o‘z vaqtida so‘ndirilmagan qarz sabab, qarzdorning tegishli mol-mulklarini aniqlash va ijro hujjati ijrosini taminlash maqsadida, Qonunining 87-moddasi talablariga muvofiq so‘rovnomalar yuborilgan. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor I.Abdullayevdan ijro varaqada ko‘rastilgan jami 10.292.720 so‘m qarz pullari undiruvchi fuqaro foydasiga to‘liq undirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » YTH oqibatida yetkazilgan 10,2 mln. so‘m moddiy zarar fuqaroga undirib berildi