13:55 / 09.05.2021
2 318

Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi


Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 9 may kuni «G‘alaba bog‘i»ga tashrif buyurib, «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar vakillari ham majmua poyiga gullar qo‘ydi. Davlat rahbari, Qurolli Kuchlar oliy bosh qo‘mondoni ularni bayram bilan tabrikladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Ma’lumot uchun, «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasi Ikkinchi jahon urushida besh o‘g‘lidan ayrilgan matonatli ona — Zulfiya aya Zokirova, uning sadoqatli kelinlari va yetim qolgan nabiralari xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan. U o‘zbek xalqining urushdagi yo‘qotishlari, g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasining timsoli sifatida bog‘ markazidan o‘rin olgan. Bu yodgorlikka gul qo‘yish barcha O‘zbekiston onalariga yuksak hurmat-ehtirom ifodasidir.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Bundan avval Shavkat Mirziyoyev 9 may — Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qarorni imzolagani, O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 12 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti berilishi haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi