Kimdir oldi, kimdir esa yoʻq: “Uzbekistan Airways”ning bayram chegirmasi tanqidga uchradi. Kompaniya oʻzining 33 yillik yubileyi munosabati bilan kecha, ya'ni faqat bir kun barcha yoʻnalishdagi chiptalar uchun 30 foizlik chegirma e'lon qilgan edi. Ammo tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga koʻra, 28 yanvar kirib kelishi bilan 30 foizlik chegirma qimmatlashtirib yuborilgan.
Bu holat esa koʻpchilikning e'tirozlariga sabab boʻlgan. Kun.uz holatga aniqlik kiritish maqsadida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” markaziy kassasiga kelganlar bilan soʻrovnoma oʻtkazdi. Ayrimlar chiptalarni chegirma narxida olayotganliklarini aytishgan boʻlsa, aksariyat fuqarolar e'lon qilingan 30 foizlik chegirmalarni chipta narxlarida sezmaganliklarini aytishdi.
“Uzbekistan Airways” AJ matbuot kotibining fikrlariga koʻra, chiptalar butun dunyoda 24 soat davomida sotiladi. Kecha bir narxda sotilgan boʻlsa, bugun boshqa narxda boʻlishi tabiiy. Xaridlar natijasida arzon tariflar tugab, qimmatroq tarifdagi chiptalar sotuvga chiqariladi. Shundan soʻng ayrim yoʻlovchilarga chegirmalar koʻrinmaydi.
“Bu tariflarning oʻynab turishi bilan bogʻliq jarayon, tariflar sistemaga kiritilgan boʻladi va uni 1-2 kun ichida oʻzgartirish qiyin, xodimlar 2-3 oy oldin harakat qilishadi, shuning uchun ataylab narxlarni qimmatlashtirib sistemaga kirita olmaymiz” – deydi kompaniya matbuot kotibi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar