16:19 / 25.01.2025
5 884

Oʻzbekiston fuqarolarini Avstraliyada ishga joylashtirish boshlanadi

Oʻzbekiston fuqarolarini Avstraliyada ishga joylashtirish boshlanadi
Foto: Dunyo
TIV binosida vazir oʻrinbosari Olim Abdullayev Singapurning Kingston International College instituti rahbari Benson Mah Xok Onn hamda ushbu kompaniyaning Avstraliyadagi filiali direktori Uelli Valid Ruda bilan uchrashuv oʻtkazdi.

TIV ma'lumotiga koʻra, Kingston International College kasbiy ta'lim va ta'limga ixtisoslashgan xususiy ta'lim muassasasidir. Oliygoh biznes, mehmondoʻstlik, turizm, davlat xizmatlari va ingliz tilini oʻrganish boʻyicha amaliy koʻnikmalarga intilayotgan talabalar uchun keng koʻlamli dasturlarni taklif etadi.

Suhbat chogʻida mehnat migratsiyasi va Oʻzbekiston fuqarolarini Avstraliyada tashkiliy ishga joylashtirish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar mamlakat fuqarolarini Okeaniyada ishga joylashtirish uchun Oʻzbekistonda Kingston International College oʻquv markazlarini ochishga kelishib oldilar.

Erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi Oʻzbekiston fuqarolarining Avstraliya mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytiradi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat