
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaga yordam berish va uning NATOga kirishiga qarshi chiqdi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.
"Prezident Tramp Ukrainaga boshqa yordam yuborishni istamaydi, Amerika qoʻshinlari haqida gapirmasa ham boʻladi", deb yozadi WP.
Xabarda, shuningdek, AQSh prezidenti Ukrainaning NATOga kirishiga qarshi ekani ta'kidlangan.
"Trampning fikricha, potentsial oʻt ochishni toʻxtatishni nazorat qilish va Ukraina hududida xavfsizlikni ta'minlash “Evropaning muammosi” sifatida koʻrib chiqilishi kerak", deb yozadi nashr jurnalistlari.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Marko Rubio Tramp muzokaralar orqali Ukrainadagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilishga intilishini ma'lum qilgan edi. Rubioning aniqlik kiritishicha, Kiyev va Moskva oʻzaro yon berishga majbur boʻladi. Tramp, shuningdek, Rossiya va Xitoy etakchilari bilan muzokaralari tafsilotlarini oshkor qilmay, ular muvaffaqiyatli oʻtayotganini ta'kidlagan.
The Independent nashri AQSh prezidenti joriy yilning bahorida Ukrainadagi urushni yakunlamoqchi ekani haqida yozgan edi. Manbalar Tramp Ukrainani qoʻllab-quvvatlashdan voz kechishi va mamlakat uchun ogʻriqli murosaga borishi mumkinligi haqidagi xavotirlar oʻrinsiz ekanini aytgan.
"Ukrainadan xavotirda boʻlganlar inauguratsiyada Araxamiya (“Xalq xizmatchisi” fraktsiyasi rahbari David Araxamiya) ishtirok etganiga e'tibor berishi kerak. Bu juda muhim qadam boʻlib, Donald Trampning ushbu jarayon oxirida Ukraina bilan yaxshi kelishuvni ta'minlash niyatini koʻrsatadi. Bu asablarni tinchlantirishi kerak", dedi anonim manbalardan biri.
Tramp Ukrainadagi urushni hal qilish masalasiga jiddiy yondashmoqda. Oq uy rahbari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan yaqin orada uchrashishi kutilmoqda.
"Zelenskiy inauguratsiyaga oʻzi borishni iloji yoʻq deb hisobladi, lekin u oʻzining ikkinchi odamini (Araxamiya) yubordi, u juda hurmat bilan munosabatda boʻldi", deb tushuntirgan manba.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar