18:03 / 31.01.2025
302

Turkiya ostida er qobigʻidagi ulkan yoriq topildi

Turkiya ostida er qobigʻidagi ulkan yoriq topildi
Arab va Evroosiyo tektonik plitalarining tutashgan joyida er qobigʻida yorilish boshlandi.

Yoriq jarayonlarini Gyottingen universiteti geologlari aniqladi, deb yozdi Bild. Olimlar qadimgi okean tubi qoldiqlari sayyora tubiga botishda davom etayotganini aniqladi, biroq bir joyda bu jarayon toʻxtab, u erda toshlar koʻtarila boshlagan.

«Bu ushbu hududdagi okean plitasi allaqachon ajralib chiqqanini va er qobigʻini pastga tortishni toʻxtatganidan dalolat beradi», deb tushuntirdi tadqiqot rahbari Renas Koshnav.

Foto: Bild
Biroq, Iroqdagi Zogrus togʻlari ostida bu jarayon davom etmoqda. Bu erda er qobigʻi pastga tushishda davom etib, 3-4 km chuqurlikka ega botiqni hosil qiladi. Geologlar yoriq Iroq tomon kengayishini taxmin qilyapti.

Bunday oʻzgarishlarga qaramay, olimlar jiddiy xavfni koʻrmayapti. «Yoriq paydo boʻlgan hududlarda zilzilalar soni hatto kamaydi», deb tushuntirdi olim Yonas Kley.

2023 yil 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqida 7,0 magnitudali ikkita zilzila sodir boʻldi, keyin oʻnlab er silkinishlari kuzatildi. Vayronkor ofat Turkiyada 50 mingdan ortiq, Suriyada esa 9 mingga yaqin kishining hayotiga zomin boʻldi, yana oʻn minglab odamlar jarohat oldi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo