22:30 / 31.01.2025
35

Surxondaryoda noqonuniy ov qilgan shaxslar jarimaga tortildi

Surxondaryoda noqonuniy ov qilgan shaxslar jarimaga tortildi
Foto: Ekologiya vazirligi matbuot xizmati
Surxondaryo viloyatida noqonuniy ov qilib yurganlar aniqlandi, deb xabar berdi Ekologiya vazirligi matbuot xizmati.

Ma'lum qilinishicha, Muzrabot tumani “Ipak yoʻli” mahallasida yashovchi fuqaro X.R., Shoʻrchi tumani A.Safarov SIUda yashovchi fuqaro Sh.R., “Oxunboboyev” SIUda yashovchi fuqaro B.O., “Alpomish” mahallasi fuqarosi A.B., “Bunyodkor” mahallasida yashovchi fuqaro R.X., fuqaro Ch.A. va M.A. ruxsatnomasisiz ov qilish talablariga rioya qilmagan.

Ular oʻziga tegishli boʻlgan ov qurollari bilan Muzrabot tuman “Ipak yoʻli” mahallasidagi Sholipoya massivida ov qilib yurganligi ma'lum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolarning har biriga nisbatan Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 90-moddasi 1-qismiga (ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollarini yoki vositalarini tayyorlash, olib kirish, saqlash, tashish yoki yuborish, olish yoxud sotish) asosan BHMning 20 barobari — 7,5 mln soʻmdan, jami 52,5 mln soʻm ma'muriy jarima chorasi qoʻllanildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat