Gvardiola pley-offda "Real Madrid"ga qarshi oʻyin haqida nimalar dedi?

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Evropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichida "Real Madrid" bilan kuch sinashishini bilgandan soʻng ushbu toʻqnashuv haqida oʻz fikrlarini quyidagicha izhor qildi:
"Bu allaqachon derbiga oʻxshab ketmoqda, biz ketma-ket toʻrtinchi yil uchrashamiz. Ular har doim bizga muammo tugʻdira olgan. Shu sababli, bu yil ham biz uchun qiyin boʻlishi tabiiy.
Shuni ham ta'kidlashim kerak, oʻyingacha hali 2 hafta bor. Albatta, koʻp futbolchilarimiz safga qaytgan boʻlishadi. Nimadir qila olishimizga esa aminman, chunki oʻyinchilarim oʻziga xos" - dedi Xosep Gvardiola.
Ma'lumot uchun: mazkur ikki klub oʻrtasidagi bellashuv 11 va 18 fevral kunlari mahalliy vaqt bilan 01:00 da start oladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"Bu allaqachon derbiga oʻxshab ketmoqda, biz ketma-ket toʻrtinchi yil uchrashamiz. Ular har doim bizga muammo tugʻdira olgan. Shu sababli, bu yil ham biz uchun qiyin boʻlishi tabiiy.
Shuni ham ta'kidlashim kerak, oʻyingacha hali 2 hafta bor. Albatta, koʻp futbolchilarimiz safga qaytgan boʻlishadi. Nimadir qila olishimizga esa aminman, chunki oʻyinchilarim oʻziga xos" - dedi Xosep Gvardiola.
Ma'lumot uchun: mazkur ikki klub oʻrtasidagi bellashuv 11 va 18 fevral kunlari mahalliy vaqt bilan 01:00 da start oladi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…