Vashingtonda 30 yanvar kuni yoʻlovchi samolyoti bilan harbiy vertolyot toʻqnashib ketgan va daryoga qulagan edi.
Samolyotda 4 nafar ekipaj a'zosi va 60 nafar yoʻlovchi, xususan ular orasida bir necha figurali uchuvchilar bor edi. Ularning barchasi halok boʻlgani ma'lum boʻldi.
Ma'lum boʻlishicha, bir sportchini oʻz iti bu reysdan olib qolgan ekan.
26 yanvar kuni AQShda figurali uchish boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Turnir yakunlanganidan soʻng, ayrim sportchilar qaytayotgan samolyotda halokatga uchradi. Samolyot Vashington yaqinida qulab tushdi. Baxtli tasodif tufayli figurali uchuvchi Jon Maravilla ushbu samolyotga chiqa olmadi. Uning aeroportdan ortga qaytishiga iti sababchi boʻldi.
«Roʻyxatdan oʻtish joyida xodim menga itimning vazni ogʻir ekanini aytdi, garchi bu bizning qaytish reysimiz boʻlsa ham. Shu sababli biz avtomobilda qaytishga qaror qildik», deydi figurali uchuvchi Jon Maravilla. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar