15:10 / 28.01.2025
22 995

Oʻzbekiston havo yoʻllarida 4 ta yoʻnalishda yangi reyslar ochilmoqda

Oʻzbekiston havo yoʻllarida 4 ta yoʻnalishda yangi reyslar ochilmoqda
28 yanvar kuni “Uzbekistan Airways” AJ tashkil topganiga 33 yil toʻlgani munosabati bilan jamiyat rahbariyati hamda OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi. Rasmiylarga koʻra, 2025 yil bahorida 5 ta yangi samolyot olib kelinib, 4 ta yoʻnalishda yangi reyslar yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Ular:
- Toshkent – Madrid;
- Toshkent – Shenjen;
- Fargʻona – Urumchi;
- Fargʻona – Deli yoʻnalishida parvozini amalga oshiradi.

Xitoyga reyslarning ochilishi Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida mart-aprel oylarida kutilayotgan vizasiz rejim joriy etilishiga toʻgʻri kelishi ham qayd etildi.

AJ 2029-2032 yillarda Boeingʼdan 14 ta Dreamliner sotib olishini ham e'lon qilgan. Hozircha ularning narxi borasida qoʻshimcha ma'lumotlar mavjud emas.

Qolaversa, Evropaga parvozlar Rossiya emas, faqat Turkiya va Ozarboyjon orqali amalga oshirilayotgani ham qoʻshimcha qilindi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat