12:51 / 22.01.2025
148

Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim boʻldi

Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim boʻldi
Oʻzbekiston prezidentining farmoni bilan Erkinjon Oqboʻtayevich Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Erkinjon Turdimov 1969 yil Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanida tugʻilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi boʻyicha iqtisodchi.

1991 yildan bank tizimida faoliyat boshlagan, 1995–1996 yillarda Zarafshon shahar hokimining iqtisodiyot masalalar boʻyicha oʻrinbosari boʻlgan, 1996–2000 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Navoiy viloyat boʻlimi boshqaruvchisi sifatida ishlagan.

2000–2008 yillarda Xatirchi tumaniga hokimlik qilgan. 2008 yilda bir muddat Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining qishloqda iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

2008–2016 yillarda Navoiy viloyati hokimi, 2016–2018 yillarda Surxondaryo viloyati hokimi sifatida faoliyat koʻrsatgan.

2018 yil 13 iyuldan Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlay boshlagan, 2024 yil noyabrida salomatligi tufayli lavozimini tark etgandi.

Sirdaryo viloyatiga 2022 yil 26 noyabrdan buyon Akmaljon Mahmudaliyev rahbarlik qilayotgandi, u 2024 yil 16 yanvar kuni investitsiyalarni jalb qilish, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va boshqa yoʻnalishlardagi faoliyatda jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygani uchun ishdan olingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat