Shomurodov zaxiradan tushib gol urgan oʻyinda "Roma" gʻalaba qozondi

Shomurodov zaxiradan tushib gol urgan oʻyinda "Roma" gʻalaba qozondi
Yevropa ligasi umumiy guruh bosqich oʻyinlari yakunlandi. Soʻnggi turda "Roma" oʻz maydonida "Ayntraxt"ni qabul qildi.

Bahsning 44-daqiqasida Anxelino hisobni ochdi. 67-daqiqada zaxiradan oʻyinga qoʻshilgan Eldor Shomurodov oradan 2 daqiqa oʻtib, raqib darvozasini ishgʻol qildi.

Shu orqali "Roma" pley-off bosqichiga yoʻllanma oldi.

Roma Italiya – Ayntraxt F Germaniya 2:0
"Olimpiya stadioni"
Gollar: 1:0 – 44 Anxelino, 2:0 – 69 Shomurodov.
Roma – Svilar, Ndika, Xummels, Manchini, Pellegrini (Chelik, 80), Dibala (Pizilli, 80), Anxelino, Kone, Paredes (Kristante, 61), Salemakers (Soule, 61), Dovbik (Shomurodov, 67).
Ayntraxt F – Trapp, Teate, Kox, Tuta, Kristensen, Baoyya (Nkunku, 65), Larsson (Daud, 64), Sxiri, Knauff (Uzun, 64), Shaibi (Ish, 84), Ekitik (Matanovich, 72).
Ogohlantirish: Salemakers (6).

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar