Foto: Videodan kadr
Toshkentda 2004 yilda tugʻilgan Indira ismli qizni oʻgʻirlamoqchi boʻlgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Toshkent shahri IIBB xabar berdi.
Qayd qilinishicha, oʻgʻirlik 1994 yilda tugʻilgan Amal ismli yigit tomonidan uyushtirilgan. Unga yana 3 nafar yigit yordamlashgan. Xabarda hodisa qachon va qayerda sodir boʻlgani, shuningdek, oʻgʻirlik sabablariga aniqlik kiritilmagan.
Qizning aytishicha, «birinchi oʻgʻirlik» uyi yonida yuz bergan. Mixail ismli yigit uni chalib yiqitgan. Amal mashinada rulda oʻtirgan, uning yonida Usmon va Umid ismli yigitlar boʻlgan.
Qayd qilinishicha, holat boʻyicha Jinoyat kodeksining 137-moddasi (Odam oʻgʻrilash) va 138-moddasi (Zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi ochilib, oʻgʻirlikni uyushtirganlarning barchasi qamoqqa olingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar