19:19 / 08.06.2021
1 880

Mirzacho‘lda yana bir oila MIB ko‘magi bilan yarashdi


Yangi qurilgan oila turmush mashaqqatlari, taqdir zarbalari bilan mustahkamlanadi va toblanadi. Bu sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganlargina baxtli hayot kechiradi. Halovat topadi. Ammo o‘ta olmaganlar qoqiladi. Muammolar girdobida qoladi...

Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi Mirzacho‘l tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining 19.05.2020 yildagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor A.J.dan undiruvchi Sh.K.ning foydasiga 1 nafar farzandi ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud edi.

– Ijro hujjati yuzasidan bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga darhol kirishildi va qarzdor sud qarori bilan tanishtirildi hamda barcha vujudga keluvchi huquqiy oqibatlari tushuntirildi, — deydi MIB Mirzacho‘l tuman bo‘limi davlat ijrochisi Davletov Yodgorbek.

– Bundan tashqari, Byuro xodimlarining olib borgan tushuntirishlari va say’-harakatlari natijasida 4,5 mln so‘m aliment pullari to‘liq undirilib, ushbu oilaning yarashuviga erishildi hamda aliment to‘lash to‘g‘risidagi ijro hujjati undiruvchining arizasiga binoan tamomlandi.

Endi ular mustaqil yurtimizning mustahkam qo‘rg‘onlari sanaladi. Bunday xayrli ishlarda bolajonlarimizning quvonchi cheksiz.
Oila – muqaddas. Uni asrab-avaylash har birimizning burchimiz. Bunday xayrli ishlar davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirzacho‘lda yana bir oila MIB ko‘magi bilan yarashdi