23:25 / 28.09.2021
1 912

Koronavirusning og‘ir kechish sabablari ma’lum qilindi

Koronavirusning og‘ir kechish sabablari ma’lum qilindi
Muntazam uyqusizlik koronavirusga chalingan odamlarda kasallikning og‘ir o‘tish xavfini oshiradi. Bu haqda terapevt, pulmonolog Oleg Abakumov aytib bergan.

Mutaxassis koronavirus bilan og‘rigan bemorning ahvoli, boshqa narsalar qatorida, uxlash paytida tanada ishlab chiqariladigan melatonin gormoni mavjudligi bilan bog‘liqligini tushuntirgan.

«U (melatonin) juda foydali, nafaqat bioritmlarni normallashtiradi, balki stress bilan ham kurashadi, qon bosimi, nafas olish tezligi va tana haroratiga ta’sir qiladi», - deb iqtibos keltiradi Abakumovdan «Doktor Piter» nashri.

Shu bilan birga, mutaxassis melatonin darajasi yuqori bo‘lgan bemorlarda reanimatsiyada o‘lim xavfini kamaytirganini aniqlagan amerikalik olimlarning tadqiqotiga ishora qildi.

40-sonli Moskva klinik shifoxonasi bosh shifokori Protsenko koronavirusdan keyin uchraydigan uchta sindromni sanab o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasal bo‘lgan odamlar tez jismoniy charchash, asabiylashish va unutuvchanlikka duch kelishadi.

Shu bilan birga, virusdan keyingi sindromning davomiyligi yoshga bog‘liq: 60 yoshgacha tuzalib ketganlarda o‘rtacha ikki oy davom etsa, keksa odamlarda bu muddat ko‘proq bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusning og‘ir kechish sabablari ma’lum qilindi