
O‘zbekiston Respublikasi Pensiya jamg‘armasi hududlarda firibgarlik holatlari ko‘paygani sababli favqulodda ogohlantirish bilan chiqdi. Noma’lum shaxslar fuqarolarga shaxsiy ma’lumotlari va pul mablag‘lari evaziga «pensiyani oshirish»ni va’da qilmoqda.
Firibgarlar nafaqaxo‘rlarga murojaat qilib, to‘lovlarni qayta hisoblash yoki ko‘paytirish haqidagi yolg‘on va’dalar bilan ularning maxfiy ma’lumotlarini, jumladan, pasport ma’lumotlari, bank kartalari raqamlari yoki INPS raqamlarini olishga urinmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, pensiyani oshirish yoki qayta hisoblash faqat Pensiya jamg‘armasining tuman yoki shahar bo‘limlari tomonidan qonuniy asosda amalga oshiriladi (masalan, ish staji, boqimandalar soni va boshqalar o‘zgarishi sababli).
Pensiya jamg‘armasi xodimlari hech qachon ko‘chada fuqarolarga pensiyani oshirishni taklif qilmaydi. Pensiya jamg‘armasi fuqarolarga o‘z shaxsiy ma’lumotlarini hech kimga bermaslikni qat’iy tavsiya etadi.
Ushbu ma’lumotlar firibgarlar tomonidan mablag‘larni yechib olish yoki kreditlar rasmiylashtirish uchun ishlatilishi mumkin. Agar siz shubhali vaziyatlarga duch kelgan bo‘lsangiz, quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin: • 1271 — Pensiya jamg‘armasi ishonch telefoni; • 102 — ichki ishlar organlari.
O‘zbekistonda pensiyani oshirishni va’da qilgan firibgarlar faollashdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar