Foto: Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati
Bugun, 14 oktabr kuni soat 6:20larda Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1050-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, «Neksiya» rusumli transport vositasi haydovchisi tezlikni me’yoridan oshirib kelib, boshqaruv vaqtida uxlab qolishi natijasida yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan.
YTH natijasida transport vositasida yong‘in sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida mashina salonida bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Haydovchi tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan yo‘llarda hushyor, ogoh bo‘lishlarini, uzoq manzillarga yo‘lga chiqishdan oldin dam olishlarini, mashinada ketayotganda charchoq alomatlari sezilsa, to‘xtab, dam olishlarini so‘raymiz. Tezlikni me’yoridan oshirmang”, deyiladi ma’lumotda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”