1 497
Go‘sht va kartoshka mahsulotlari narxini arzonlashtirishga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev O‘zbekistonda go‘sht va kartoshka mahsulotlari narxini arzonlashtirishga qaratilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinganini ma’lum qildi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, 2021 yil 10 oktabrdan 2021 yil 31 dekabrga qadar bo‘lgan davrda go‘sht (mol go‘shti, qo‘y go‘shti, tovuq go‘shti), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarini, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni O‘zbekiston hududiga olib kirish, shuningdek, ularni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalari qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)dan ozod qilinadi.
Ta’kidlanishicha, mazkur qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning mayida Prezident Shavkat Mirziyoyev go‘sht va o‘simlik yog‘ining jahon bozoridagi narxlari 1 yildan buyon to‘xtovsiz o‘sayotgani barcha rahbarlarni zarur chora-tadbirlarni ko‘rishga undashi kerakligini ta’kidlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi