Buxoro viloyati Kogon tumanidagi maktab-internatga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga porani qorovul orqali olgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 15 oktabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlariga o‘zining ishga kirishi uchun pora berishga dalolat qilinayotgani haqida ariza kelib tushgan. Arizaga ko‘ra, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB tomonidan hamkorlikda tadbir o‘tkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Kogon tumanida yangi tashkil etilgan ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan ixtisoslashtirilgan 3-sonli maktab-internatning mas’ul xodimlaridan biri fuqaro Rahim Saidovni (ismi o‘zgartirilgan) vakolatli tanishlari orqali ishga joylashtirib qo‘yishga ishontirgan. «Xizmati» evaziga undan 200 dollar berishini talab qilgan. Mas’ul xodim fuqaroga bu pullarni maktab-internati qorovuliga qoldirishini bildirgan. U kimyoviy ishlov berilgan 200 dollarni qorovul orqali olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan H.M. ga nisbatan JKning 168-moddasi, 1-qismi va 211-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi