14:28 / 21.10.2021
1 212

Shavkat Mirziyoyev: «Hatto dekabrda ham paxta terilgani hali hammamizning yodimizda»

Shavkat Mirziyoyev: «Hatto dekabrda ham paxta terilgani hali hammamizning yodimizda»
Foto: Milliy mass-media fondi
Jizzax zamini yeri hosildorligi, maydonining bepoyonligi va barcha turdagi mahsulot yetishtirish uchun mos kelishi bilan alohida ajralib turadi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tdi.

“Lekin, shu vaqtgacha bu salohiyatni ishga sola olmaganimiz ham haqiqat. Birgina misol, paxta yetishtirish - qancha mashaqqat va ovoragarchiliklar, katta sarf-xarajatlar bilan amalga oshirilgani, hatto dekabrda ham paxta terilgani hali hammamizning yodimizda.

Yaratilgan imkoniyatlar, klasterlar tashkil etilgani, investitsiya va texnika olib kelingani bugun o‘z samarasini bermoqda. Bu yil yetishtirilgan mo‘l-ko‘l hosilni o‘zlaringiz ko‘rdinglar. Fursatdan foydalanib, qariyb 260 ming tonnalik paxta xirmonini bunyod etib, yuzi yorug‘ bo‘lgan dehqonlarimiz, fermerlarimiz va klasterlarimizni samimiy tabriklayman va ularga chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Bundan buyon, yerdan olinadigan iqtisodiy samarani keskin ko‘paytirish – agrar sohadagi islohotlarning asosiy maqsadi bo‘ladi. Gap viloyatda bir gektardan hozirda olinayotgan 1 ming dollar o‘rtacha daromadni 5 barobargacha oshirish to‘g‘risida bormoqda.

Buning uchun, quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 100 ming gektar paxta va g‘alla maydonlarida zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash hamda yangi navlarni joriy etish hisobiga hosildorlik paxtada o‘rtacha 60 sentnergacha, g‘allada esa - 90 sentnergacha olib chiqiladi; bu maydonlarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga 500 milliard so‘m subsidiya beriladi; 78 ming gektar ekin maydonining suv ta’minoti va 40 ming gektarning meliorativ holatini yaxshilash choralari ko‘riladi. Buning uchun budjetdan 1,5 trillion so‘m ajratiladi.

Bir narsaga e’tibor qiling. Yuqorida aytib o‘tilgan agrologistika markazlari uchun yiliga 1 million tonna sifatli, xalqaro standartlarga javob beradigan, sertifikatlangan meva-sabzavot kerak. Bularni yetishtirishni hozirning o‘zidan reja qilib, har bir tumanda tizimli ishlarni tashkil qilishimiz lozim. Buning uchun hosildorlikni oshirish hisobiga 16 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari tanlov asosida aholiga 50 sotixgacha uzoq muddatli ijaraga beriladi va 35 ming aholi bandligi ta’minlanadi.

Masalan, Sharof Rashidov tumanidagi Bobur va Abduolimov hududlaridagi aholi o‘z tomorqasidagi uzum va anor orasiga takroriy va to‘qsonbosti ekinlarini ekish bo‘yicha katta tajribaga ega. Shundan kelib chiqib, ushbu hududlarda paxta va g‘alla o‘rnida bog‘ va tokzorlar barpo etilib, qator orasidan 3-4 marta hosil olish tashkil qilinadi. Bundan tashqari, 15 mingta xonadonda ixcham issiqxonalar qurish uchun imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratiladi. Suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan 125 ta mahallada 700 ta quduq qazish hisobiga 13 mingdan ortiq xonadonning suv ta’minoti yaxshilanadi.

Kelgusi besh yilda foydalanishdan chiqqan va lalmi 160 ming gektar maydon o‘zlashtirilib, kooperatsiya usulida mahsulot yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Bunda yangi yondashuv joriy etilib, tanlab olingan yer maydonlari auksionga qo‘yiladi va yerlarni o‘zlashtirish uchun har bir gektarga 10 million so‘mgacha subsidiya belgilanadi. Bu tajribani Do‘stlik, Arnasoy, Yangiobod, G‘allaorol, Baxmal, Zomin va Forish tumanlarida oborotdan chiqqan 10 ming gektar maydondan boshlaymiz. Ushbu yerlarda dehqonchilik qiladigan tadbirkorlar yer solig‘ini gektariga 1 so‘m miqdorida to‘laydilar”, dedi prezidentlikka nomzod.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «Hatto dekabrda ham paxta terilgani hali hammamizning yodimizda»