Turkiyada 20 yoshli o‘zbekistonlik kiberfiribgar qo‘lga olindi

1 daqiqa o'qish212
Turkiyada 20 yoshli o‘zbekistonlik kiberfiribgar qo‘lga olindi

Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan maxsus tezkor operatsiya natijasida kiberfiribgarlikda gumon qilingan 20 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Umid Zohirjonov qo‘lga olindi va O‘zbekistonga qaytarildi.

Bu haqda mamlakatning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2005 yilda tug‘ilgan Umid Zohirjonov Dilshod o‘g‘li internet orqali turli onlayn firibgarlik usullari bilan 10 dan ziyod fuqaroning mablag‘ini o‘zlashtirgan. Ushbu shaxs xalqaro qidiruvda bo‘lgan.

Rasmiy ma’lumotda qayd etilishicha, uning jinoiy xatti-harakatlari natijasida jabr ko‘rgan fuqarolar O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga, uning hududiy bo‘linmalariga yoki Istanbuldagi Bosh konsulxonaga murojaat qilishlari mumkin.

Shu bilan birga, mas’ul idoralar ta’kidlaganidek, jinoiy javobgarlikdan qochib, xorijda yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan qidiruv va jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettiriladi.

Istanbuldagi Bosh konsulxona so‘nggi paytlarda fuqarolar tomonidan firibgarlik holatlari bo‘yicha murojaatlar ko‘payganini ma’lum qilar ekan, odamlardan hushyor bo‘lishni va shubhali onlayn takliflarga ishonmaslikni so‘radi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?