Ichki ishlar xodimlari moliyaviy piramidada tekshirilmoqda

O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi «XCM» nomli moliyaviy piramidani targ'ib qilgan xodimlar ishtirokini tekshirish uchun xizmat tekshiruvini boshladi. Ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida tarqalgan ma'lumotlarga ko'ra, piramida dastlab 2024 yilning o'rtalarida Avstraliyada boshlangan. Noqonuniy mablag' jalb qilish va fuqarolar hamda tashkilotlarga moddiy zarar yetkazish holatlari bo'yicha tergov harakatlari ham belgilangan. Tekshiruv ishlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida «XCM» nomli yangi moliyaviy piramida haqida xabarlar tarqaldi.
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu piramida dastlab 2024 yilning o‘rtalarida Avstraliyada boshlangan. Ammo ma’lum bo‘lishicha, mamlakatimiz hududida ushbu moliyaviy piramidani ichki ishlar organlari xodimlari ishonchli loyihaga o‘xshatib targ‘ib qilgan.
Shu asosda Ichki ishlar vazirligi mazkur holat bo‘yicha xodimlarning ushbu platformani targ‘ib qilishda ishtirokini tekshirish uchun xizmat tekshiruvini boshladi. Shuningdek, noqonuniy ravishda mablag‘ jalb qilish va fuqarolar hamda tashkilotlarga moddiy zarar yetkazish holatiga oid tergov harakatlari o‘tkazilishi belgilangan.
Hozirda tekshiruv ishlari davom etmoqda.






























Izohlar 0
…