date

Mirziyoyev Trampga muhim murojaat qildi

Mirziyoyev Trampga muhim murojaat qildi
Bugun, 7-noyabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShning Oq uyida boʻlib oʻtgan «C5+1» sammitida ishtirok etdi. Sammit davomida Mirziyoyev AQSh sobiq prezidenti Donald Trampga muhim murojaat qildi.

"Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urushni faqat siz toʻxtatishingiz mumkin", dedi Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga. Oʻzbekiston prezidenti Trampni "tinchlik prezidenti" deb atab, uning koʻplab harbiy mojarolarni toʻxtatishga muvaffaq boʻlganini taʼkidladi.

Shuni aytib oʻtish kerakki, Tramp uchun Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi tinchlik strategik vazifa hisoblanadi. U allaqachon Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bir necha bor muzokaralar olib borgan.

Ammo tomonlar hozircha tinchlik shartlari boʻyicha kelisha olmagan. Ukraina Rossiya shartlarida urushni toʻxtatishga rozi emas, Rossiya esa oʻz imkoniyatlarini yuqori baholagan holda yon berishni istamayapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirziyoyev Trampga muhim murojaat qildi