09:30 / 11.11.2021
1 948

Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Bojxona organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi aksiz markasi bilan markalanmagan hamda sifati kafolatlanmagan tamaki mahsulotlarni yashirincha olib o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi tizimli ravishda keskin kurash olib borilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Bekobod” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari hamda DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda, Tojikistondan O‘zbekistonga o‘tish uchun “Bekobod” temir yo‘l bekatiga kirib kelgan temir yo‘l poyezdi tarkibi bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, yarim ochiq turdagi vagon ichida 3 dona xo‘jalik qoplarga solingan, O‘zbekiston Respublikasi aksiz markasi bilan markalanmagan umumiy qiymati 45 million so‘mlik 3000 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi