Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 noyabr kuni Rossiyaga tashrif bilan keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Moskvadagi “Vnukovo-2” aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Rossiya Federatsiyasi prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shundan so‘ng, prezident Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazish uchun Kremlga yo‘l oldi. Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Avvalroq, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga bugungi tashrifi chog‘ida imzolanadigan hujjatlar haqida gapirgandi.
«Tashrif davomida xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlik bo‘yicha yirik siyosiy qo‘shma bayonot qabul qilinadi. Prezidentlar uchrashuvi chog‘ida turli sohalardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan 18 ta hujjat imzolanadi. Xalqaro yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi bitim, qurilish, energetika, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha hujjatlarni alohida ta’kidlab o‘tish lozim», dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi