Sunʼiy intellekt rivoji maʼlumotlarni saqlash inqirozini keltirib chiqardi

1 daqiqa o'qish145
Sunʼiy intellekt rivoji maʼlumotlarni saqlash inqirozini keltirib chiqardi

Sunʼiy intellekt bozorining jadal oʻsishi kutilmagan muammolarni yuzaga keltirdi. NAND-xotira va qattiq disklar (HDD) taqchilligi tufayli yuqori sigʻimli saqlash qurilmalari narxi baʼzi joylarda uch baravargacha oshib ketdi. Bu holat ayniqsa Internet Archive kabi raqamli merosni saqlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga ogʻir taʼsir koʻrsatmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Internet Archive hozirda 210 petabaytga yaqin maʼlumotni saqlaydi va har kuni oʻz arxivini 100 terabaytga boyitib boradi. Biroq, tashkilot asoschisi Bryuster Keylning taʼkidlashicha, 28–30 TB sigʻimli disklarni topish juda qiyinlashgan. Mavjudlari esa odatdagidan ancha qimmat narxda sotilmoqda.

Wikimedia Foundation ham xuddi shunday qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Tashkilot vakillari nafaqat xotira qurilmalari, balki serverlar yetkazib berishdagi uzilishlar va kelajakdagi xaridlarni rejalashtirishdagi noaniqliklar haqida xavotir bildirmoqda.

Qoʻshimcha muammo sifatida veb-saytlar tomonidan botlarga qoʻyilayotgan cheklovlarni keltirish mumkin. Sayt egalari oʻz maʼlumotlari sunʼiy intellekt modellarini oʻqitish uchun ruxsatsiz yigʻilishidan qoʻrqib, barcha turdagi botlarni, jumladan, raqamli tarixni saqlashga xizmat qiluvchi foydali botlarni ham bloklamoqda.

Natijada, arxiv loyihalari ham qimmatlashgan uskunalar, ham maʼlumotlarga kirishdagi texnik toʻsiqlar tufayli jiddiy inqirozga yuz tutmoqda. Bu holat internetdagi maʼlumotlar xavfsizligi va kelajak avlod uchun raqamli xotirani saqlab qolish imkoniyatlarini cheklab qoʻymoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?