21:43 / 19.11.2021
2 722

Qorao‘zakda metan «zapravka»da turgan «Matiz»ning gaz balloni portlab ketdi

Qorao‘zakda metan «zapravka»da turgan «Matiz»ning gaz balloni portlab ketdi
Foto: KRuz.uz
Kecha, 18 noyabr kuni soat 15:55 da Qorao‘zak tumani «Berdaq» OFY hududidagi metan «zapravka»da favqulodda holat yuz bergan. Bu haqda «Tinishliq saqshisi» gazetasi xabar berdi

Ma’lum bo‘lishicha, tumandagi «AKK MЕTAN OIL» «zapravka»sida «Matiz»ning gaz balloni portlab ketgan. Holat chimboylik B.Q. ning mashinasiga gaz to‘ldirish vaqtida yuz bergan. Portlash oqibatida hududda yong‘in yuzaga kelgan.

Foto: KRuz.uz
Natijada Chimboy tumanida istiqomat qiluvchi S.A. va Qorao‘zak tumanida yashovchi bir nafar yo‘lovchi, «AKK MЕTAN OIL» MCHJ ishchisi J.D. lar tan jarohati olib, shifoxonaga tushgan.

Foto: KRuz.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qorao‘zakda metan «zapravka»da turgan «Matiz»ning gaz balloni portlab ketdi