
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Joriy yilning 14 yanvar kuni soat 09:02 da Favqulodda vaziyatlar vazirligiga Olmazor tumani Qoraqamish-3 ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat do‘konida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 09:06 da 3 ta o‘t o‘chirish-qutqaruv guruhi voqea joyiga soat 09:06 da yetib kelgan, yong‘in soat 09:24 da o‘chirilgan.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in oqibatida do‘konning 80 kvadrat metrga yaqin maydoni: tomi, shifti va ichki qismi zarar ko‘rgan. Halok bo‘lganlar va qurbonlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Bunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishni so‘raydi.
Oziq-Ovqat Do'koniYong'in SabablariOlmazor TumaniFavqulodda VaziyatlarO't O'chirishZarar Miqdori O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar