date

Amazon maʼlumotlar markazlari uchun geotermal energiya manbalariga sarmoya kiritmoqda

Amazon maʼlumotlar markazlari uchun geotermal energiya manbalariga sarmoya kiritmoqda

Amazon kompaniyasi Nevada shtatidagi NV Energy xizmati bilan yirik bitim imzolab, geotermal energetika bozoriga rasman kirib keldi. Ushbu hamkorlik Amazon maʼlumotlar markazlarini 700 MVt quvvatga ega «yashil» energiya bilan taʼminlashni koʻzda tutadi. Shu tariqa, Amazon Google, Microsoft va Meta kabi texnologiya gigantlari qatoriga qoʻshildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Bitimning asosiy qismi Zanskar startapi tomonidan amalga oshiriladi. Kompaniya sunʼiy intellekt algoritmlari yordamida yer ostidagi yashirin geotermal konlarni aniqlaydi, bu esa qidiruv ishlaridagi xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi. 20 yillik shartnomaga koʻra, mazkur loyihalar 2030-yilga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, kelishuv doirasida Primergy kompaniyasi bilan hamkorlikda 600 MVt quvvatli quyosh panellari va shuncha hajmdagi akkumulyator tizimlarini oʻz ichiga olgan gibrid majmua quriladi. Bu Amazonʼga quyosh energiyasidan kechayu kunduz foydalanish va maʼlumotlar markazlarining uzluksiz ishlashini taʼminlash imkonini beradi.

Nevada shtati AQSHdagi raqamli infratuzilma uchun muhim markazga aylanib bormoqda. Amazon uchun bu geotermal manbalar bilan ishlash boʻyicha ilk tajriba boʻlib, u kompaniyaning uglerod chiqindilarini nolga tushirish va qayta tiklanadigan resurslarni rivojlantirish strategiyasida muhim qadam hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Amazon maʼlumotlar markazlari uchun geotermal energiya manbalariga sarmoya kiritmoqda