“Qurol to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, qurol fuqaroviy qurol, xizmat quroli va jangovar qurol turlariga bo‘linadi.
Elektroshok qurilmalari (elektroshoker) o‘zini o‘zi himoya qilish quroli sifatida fuqaroviy qurol turiga kiradi.
Elektroshok qurilmalar uchun qanday me’yorlar belgilangan?
Elektroshok qurilmalarining shikastlovchi omili elektr tokining impulsli chiqishi hisoblanib, chiqish parametrlari normasi maksimal kuchlanishi 90 kV gacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Undan yuqori kuchlanishli elektroshok qurilmalarini muomalasi taqiqlanadi.
Elektroshokerga ega bo‘lish tartibi qanday?
O‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari elektroshok qurilmasini olish huquqiga ega.
Elektroshok qurilmasini olishga doir ruxsatnomani olish uchun fuqarolar doimiy yashash joyi bo‘yicha Milliy gvardiya organiga ariza va tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
Ariza Milliy gvardiya organlari tomonidan ariza barcha zarur hujjatlar bilan olingan kundan e’tiboran 30 kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Qurol olingan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatda Milliy gvardiya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Elektroshok qurilmasini O‘zbekiston hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzit qilish O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining ruxsatnomalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Qanday hollarda fuqarolarga elektroshok qurilmalarini olib yurish taqiqlanadi?
Elektroshok qurilmalarini:
- mitinglar, ko‘cha yurishlari, namoyishlar va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazilganda;
- ko‘ngilochar va hordiq chiqarish uchun mo‘ljallangan joylarda;
- alkogolli mahsulotlar realizatsiya qilinadigan joylarda;
- ta’lim, tibbiyot muassasalarida;
- alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda olib yurish taqiqlanadi.
Elektroshok qurilmalarini realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxslarning ixtisoslashtirilgan do‘konlaridan tashqarida realizatsiya qilish taqiqlanadi.
Kimlarga nisbatan elektroshok qurilmalarini qo‘llab bo‘lmaydi?
Elektroshok qurilmalarini:
- homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga;
- nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga;
- yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‘llash taqiqlanadi.
(Bundan ularning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi, fuqarolarning yoxud qurolni qo‘llayotgan shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid etib hujum qilganligi hollari mustasno.)
Qo‘llash tartibi
Zaruriy mudofaa holatida yoki oxirgi zarurat holatida o‘z hayoti va sog‘lig‘ini, boshqa fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini hamda mol-mulkni himoya qilish uchun qurolni ogohlantirgan holda qo‘llash mumkin.
Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilishiga olib kelgan har bir holat to‘g‘risida qurol egasi qurol qo‘llanilgan joydagi ichki ishlar organiga darhol xabar qilishi shart.
Maxsus organlar va harbiy tuzilmalar
Maxsus organlar va harbiy tuzilmalar (Ichki ishlar, Milliy gvardiya, bojxona organlari, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va boshqalar) elektroshok qurilmalarini olish va qo‘llash huquqiga ega. Ushbu organlar tomonidan elektroshok qurilmalari qo‘llash tartibi maxsus qonunlar bilan belgilangan.
Abdurasul Abdusherozov
Adliya vazirligi mas’ul xodimi
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Adliya vazirligi mas’ul xodimi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi