Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde Ispaniya jamoasining Qozog‘istonga Chempionlar ligasi o‘yini uchun tashrifi haqida taassurotlarini o‘rtoqlashdi.
Valverde qayd etganidek, "Real"ning "Qayrat"ga qarshi bahsi uchun Olma-Otaga kelishi mahalliy aholi orasida katta qiziqish uyg‘otgan.
"Haqiqatan ham kech edi, aeroportdan chiqqanimizda bizni kutayotgan shuncha odamni ko‘rdik. Bu g‘urur manbai. Bunday mehr-oqibatni qadrlash kerak. Bunday narsalar hatto futboldan ham muhimroq," — deydi Valverde AS nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvi ertaga, 30 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:45'da start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar