Kino va serial olamida kamera ortidagi muhit doim ham reklamalardagi kabi mehr-oqibatga to‘la emas. Ba’zan aktyorlar o‘rtasida shunday keskinlik yuzaga keladiki, bu nafaqat hamkorlikni buzadi, balki butun suratga olish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, “Taxtlar o‘yini” serialining muxlislari allaqachon Lena Xedi va Jerom Flinnning biror marta ham birga kadrlarda ko‘rinmaganini sezishgan. Bu bejiz emas – ular o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlarning keskin yakun topgani sababli Lena sobiq sevgilisi bilan bir sahnaga chiqishni istamagan. Xabarlarga ko‘ra, maydonda sovuq muhit hukm surgan va aktrisa hatto unga nisbatan “chin nafrat”ini bildirgan. Shu bois, ularning qahramonlari filmda hech qachon uchrashmagan.
Shunga o‘xshash vaziyat “Tez va g‘azablangan” filmida ham kuzatilgan. Vin Dizel va Duyeyn “Rok” Jonson orasidagi nizo yashirincha qolmadi – Jonson hatto ijtimoiy tarmoqlarda ham keskin fikrlar yozib qoldirgan. Natijada, ular “Tez va g‘azablangan 8”da biror sahnada uchrashmadi. Keyinchalik Jonson bu farqni “ishga yondashuvdagi tafovutlar” bilan izohlab, yana hamkorlik qilish rejalari yo‘qligini ochiq aytgan.
Shu tariqa, mashhur loyihalarning yorqin sahnalari ortida ko‘pincha muxlislar bilmaydigan ziddiyatlar va shaxsiy munosabatlar yashirin holda qoladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!