date

Abduqodir Husanov qancha muddatga safdan chiqqanligi ma’lum qilindi

Abduqodir Husanov qancha muddatga safdan chiqqanligi ma’lum qilindi

APLning 5-turida "Manchester Siti" jamoasi "Arsenal"ga qarshi o‘tkazgan bahsda o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov jarohat sabab ikkinchi bo‘limning boshida zaxiraga olingan edi. Bu holat "shaharliklar" himoya chizig‘ini sezilarli darajada zaiflashtirdi va muxlislar o‘rtasida xavotir uyg‘otdi.

“Xaddersfild”ga qarshi bahs oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida bosh murabbiy Xosep Gvardiola Abduqodir Husanovning necha o‘yinda ishtirok etmasligi haqida ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra: “Menimcha, u keyingi uchta uchrashuvda maydonga tusha olmaydi”, — dedi Gvardiola.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi va “Manchester Siti” himoyachisi keyingi bahslarda, ya’ni "Xaddersfild" (Karabao Kubogi), "Byornli" (APL) va "Monako" (Chempionlar Ligasi)ga qarshi o‘yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Husanovning uzoq muddat maydondan chiqishi "shaharliklar"ning taktik rejasini qayta ko‘rib chiqishni talab etadi va Gvardiola uchun ham katta sinov bo‘ladi. Uning safdan chiqishi orqali markaziy himoya chizig‘i va himoyachilarning bir-biri bilan hamohangligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Bu vaziyatda muxlislar va ekspertlar Husanov tezda tiklanib, maydonga qaytishini orzu qiladilar va uning safga qaytishi klub uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanov qancha muddatga safdan chiqqanligi ma’lum qilindi