AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens Fox News telekanaliga bergan intervyusida Rossiyaning so‘nggi pozitsiyasi haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, oxirgi haftalarda rossiyaliklar ukrainaliklar bilan ikki tomonlama, shuningdek, prezident Donald Tramp yoki boshqa amerikalik rasmiylar ishtirokidagi uch tomonlama muloqotlarni qabul qilishdan bosh tortgan.
Vensning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar ko‘plab odamlarni yo‘qotmoqda va o‘zi ham katta talofat ko‘rmoqda, ammo bunday qurbonliklarni oqlaydigan hech qanday asos yo‘q.
«Yuzlab insonlar hayotdan ko‘z yummoqda, ammo natija deyarli ko‘rinmayapdi. Rossiya yana qancha askarlarini yo‘qotishga tayyor? Juda kichik yutuqlar uchun yana qancha qon to‘kishlari mumkin?» — dedi u.
Vitse-prezident ta’kidlaganidek, AQSH pozitsiyasi o‘zgarmagan: Vashington tinchlik yo‘lida harakatni davom ettiradi va rossiyaliklar haqiqiy voqelikni qabul qiladi, degan umidda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!