Rossiyaning Kiyevga uyushtirgan tungi raketali hujumi oqibatida Polsha elchixonasi va Yevropa Ittifoqi vakolatxonasi shikastlandi, deb xabar bermoqda DW.
Polsha Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, Rossiya tomonidan otilgan snaryad mamlakatning Kiyevdagi elchixonasi shiftlariga urilgan va oshxona hududiga tushgan. Vazirlik vakili Pavel Vronskiy ta’kidlashicha, hech kim jabrlanmagan, xodimlar sog‘-salomat va elchixona o‘z ishini odatdagidek davom ettirmoqda.
Shuningdek, Ukraina poytaxtidagi keng ko‘lamli tungi hujum natijasida Yevropa Ittifoqi vakolatxonasi ham zarar ko‘rdi. Ukrainadagi YEI elchisi Katarina Maternovaga ko‘ra, vakolatxona avtoturargohidagi avtomobillar shikastlangan, ammo hech kim jabrlanmagan.
Kiyevdagi elchixonalar hujumdan so‘ng ham faoliyatini davom ettirmoqda, ammo xavf hanuz saqlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!