date

Xakerlar BBC jurnalistiga pul taklif qildi

Xakerlar BBC jurnalistiga pul taklif qildi
BBC’ning kiberxavfsizlik bo‘yicha muxbiri Jo Tidi jinoyatchilardan g‘alati taklif oldi. Ular jurnalistdan ish kompyuteriga kirish huquqini so‘rab, buning evaziga katta pul berishga tayyorligini aytishdi.

O‘zlarini “Medusa” deb tanishtirgan guruh dastlab 15 foiz ulush, keyin esa 25 foizgacha “sovg‘a” va’da qilgan. Ularning maqsadi BBC ma’lumotlarini o‘g‘irlab, kompaniyani tovon to‘lashga majburlash bo‘lgan.

Xakerlar jurnalistga kod yuborib, uni kompyuterida ishga tushirishni so‘rashgan. Shuningdek, telefoniga ko‘plab so‘rovlar jo‘natib, akkaunt parolini buzishga urinishgan.

BBC axborot xavfsizligi bo‘limi jurnalistni tizimdan uzib qo‘ydi va qo‘shimcha himoya choralarini ko‘rdi. Mutaxassislar bunday hujumlar tobora xavfli tus olayotganini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xakerlar BBC jurnalistiga pul taklif qildi