date

Og‘izdan kelayotgan yoqimsiz hid sabablari

Og‘izdan kelayotgan yoqimsiz hid sabablari
Halitoz — nafasning yoqimsiz hidi hisoblanadi va bu holat ko‘pchilik uchun jiddiy noqulaylik tug‘diradi. U insonning shaxsiy hayotiga, ish muhitiga va ijtimoiy munosabatlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Bu muammoning eng keng tarqalgan sababi — og‘iz gigiyenasiga yetarlicha e’tibor bermaslikdir. Tishlar orasida qolgan oziq-ovqat qoldiqlari va bakteriyalar yoqimsiz hidning paydo bo‘lishiga olib keladi.

Tish kasalliklari — parodontit, gingivit va kariyez ham halitozga sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, til yuzasida yig‘ilgan bakteriyalar ham halitoz manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Ayrim holatlarda esa halitoz ichki organlar — jigar, buyrak yoki ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Og‘iz qurishi (kserostomiya) ham halitozga sababchi bo‘ladi. Chunki tupurik kamayishi bakteriyalarni tozalash funksiyasini susaytiradi va og‘izda quruq muhit yuzaga keladi.

Bu holatni bartaraf etish uchun tishlarni muntazam tozalash, til yuzasini har kuni artish, suv iste’molini oshirish va zarur hollarda shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Og‘izdan kelayotgan yoqimsiz hid sabablari