Past yoki yuqori glyukoza turli xavfli alomatlarga olib keladi

Salomatlik1 daqiqa o'qish299
Past yoki yuqori glyukoza turli xavfli alomatlarga olib keladi

Past yoki yuqori glyukoza turli xavfli alomatlarga olib keladi
Qondagi glyukoza miqdorining me’yordan chetga chiqishi inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Bu holat ikki xil yo‘nalishda namoyon bo‘ladi: gipoglikemiya — glyukoza darajasining tushib ketishi va giperglikemiya — uning ortishi.

Gipoglikemiya, ya’ni qonda shakar miqdorining past bo‘lishi quyidagi holatlar sababli yuzaga keladi: noto‘g‘ri ovqatlanish, ovqatni uzoq vaqt yemaslik, qattiq jismoniy zo‘riqish yoki diabet dorilarini noto‘g‘ri qabul qilish.

Uning alomatlariga qaltiroq, yurak urishining tezlashishi, bosh aylanishi, ko‘rishda muammo va hatto hushdan ketish kiradi. Bu holat vaqtida bartaraf etilmasa, og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Giperglikemiya esa qonda glyukoza miqdorining ortishi bo‘lib, ko‘pincha qandli diabet bilan bog‘liq holat hisoblanadi. Ammo stress, gormonal buzilishlar yoki ortiqcha uglevod iste’moli ham bunga sabab bo‘lishi mumkin.

Uning belgilaridan biri — tez-tez chanqash va ko‘p suyuqlik iste’mol qilish, tez-tez siyish, terining quruqligi, xastalikdan charchoq va jarohatlarning sekin bitishi hisoblanadi.

Har ikki holat ham jiddiy nazoratni talab etadi. Qondagi glyukoza darajasini muntazam kuzatib borish, sog‘lom ovqatlanish va shifokor tavsiyalariga amal qilish — sog‘lom hayot kafolatidir.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?