Davlatimiz tomonidan huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab va fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini ta’minlash maqsadida milliy qonunchiligimizda demokratiya hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga sodiq bo‘lgan qonun normalarini yaratilayotganligini e’tirof etishimiz kerak.
Xususan, fuqarolik- huquqiy munosabatlarda ham insonning salomatligi, hayoti, mol-mulki yoxud uning boshqa shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini turli xil tabiiy ofatlar, zilzila, suv toshqini, yong‘in va boshqa har xil baxtsiz hodisalar ro‘y berishi natijasida ko‘rilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari to‘lash uchun maqsadli pul jamg‘armalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar mavjud bo‘lib, bular «Sug‘urta» instituti bilan tartibga solinadi.
Sug‘urta ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, sug‘urta muassasalari dastlab o‘rta asrlarda, dengiz orqali olib boriladigan savdodagi xavf-xatarlar bilan bog‘liq holda paydo bo‘lgan. Keyinchalik boshqa sohalarga ham yoyilgan. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida sug‘urta fuqarolarning manfaatlarini ishonchli himoya etuvchi vosita bo‘lgan.
Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan, shuningdek sug‘urtalovchining boshqa mablag‘laridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi.
Sug‘urtalash majburiy va ixtiyoriy shakllarda amalga oshiriladi. Majburiy sug‘urtaning o‘zi majburiy va majburiy davlat sug‘urtasiga bo‘linadi. Ularning har ikkalasi ham qonunchilik hujjatlariga muvofiq joriy etiladi. O‘zbekistonda umumiy foydalanishdagi avtomobil transporti, suv, havo, temiryo‘l transportlari yo‘lovchilari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi va boshqalarga majburiy sug‘urta turlari belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining harbiy xizmatchilari, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini qo‘riqlash, Davlat bojxona, Davlat soliq qo‘mitalari xodimlari majburiy davlat sug‘urtasiga olingan va bunday sug‘urta turlari uchun sug‘urta badali (mukofoti) davlat budjeti hisobidan to‘lanadi. Ixtiyoriy sug‘urta turlari sug‘urta munosabatlarida qatnashuvchi tomonlarning o‘zaro roziligi va yozma shartnoma asosida amalga oshiriladi, sug‘urta javobgarligi hajmi (sug‘urta narxi), sug‘urta badali (mukofoti) miqdori, sug‘urta hodisasi yuz berganda to‘lanadigan sug‘urta puli (sug‘urta qoplamasi, tovoni) summasi — shartnoma shartlari sug‘urta qiluvchi bilan sug‘urta qilinuvchi tomonlar o‘rtasida kelishiladi.
Sug‘urta qilinadigan ob’ektga qarab mulkiy sug‘urta-yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy manfaatlari, binolar, ekinlar, uy hayvonlari, mol-mulk, transport vositalarini sug‘urtalash, shaxsiy sug‘urta -inson, sog‘lig‘i, hayoti, mehnat qobiliyatini sug‘urtalash, uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlik sug‘urtasi- transport egalarining fuqarolik javobgarligini, kredit oluvchilarning bank oldidagi kreditni o‘z vaqtida qaytarish javobgarligini sug‘urtalash va boshqalarga bo‘linadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda umumiy sug‘urta sohasida “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi, “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati, “Gross insurance” MCHJ, “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ, “Alfa invest” sug‘urta tashkiloti, “Temiryo‘l-sug‘urta” sug‘urta tashkiloti, “Kapital sug‘urta”
AJ va boshqalar, hayotni sug‘urtalash sohasida esa “Alskomvito” sug‘urta kompaniyasi, “Agros hayot” sug‘urta kompaniyasi, “New life insurance” sug‘urta kompaniyasi, “Yeuroasia-life” sug‘urta kompaniyasi, “Alfa life” sug‘urta tashkiloti, “Kafolat Hayot” sug‘urta kompaniyasi “Apex Life” sug‘urta kompaniyasi va boshqalar o‘z faoliyatini yuritmoqdadir.
Hozirda sug‘urta kompaniyalari tomonidan aholi va tadbirkorlarga transport vositalarini sug‘urtalash, tibbiy sug‘urta, yuklarni sug‘urtalash, ipoteka sug‘urtasi, mol-mulkni sug‘urtalash kabi xizmatlarni amalga oshirayotganini ko‘rishimiz mumkin.
Albatta bunday sug‘urta tashkilotilari o‘z faoliyatini olib borishda qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradilar. Sug‘urtalovchilarning va qayta sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.
Litsenziya sug‘urtalovchiga hayotni sug‘urta qilish sohasida yoki umumiy sug‘urta sohasida yoxud faqat qayta sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi. Hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshiruvchi sug‘urtalovchi umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas, bundan umumiy sug‘urta sohasining qonunchilikda belgilangan ayrim turlari (klasslari) mustasno.
Umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshiruvchi sug‘urtalovchi hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas. Faqat qayta sug‘urta bo‘yicha sug‘urta faoliyatini amalga oshiruvchi sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomalarini tuzishga haqli emas. Litsenziyada sug‘urtalovchi amalga oshirishni mo‘ljallayotgan sug‘urta turlari (klasslari) ko‘rsatiladi. Fikrimiz so‘nggida shuni ham ta’kidlash joizki, sug‘urta orqali, eng oliy qadriyat – inson hayoti, sog‘ligi himoya ostiga olinadi.
Dilfuza Abdullayeva,
Toshkent davlat yuridik universitetining
Ixtisoslashtirilgan filiali
Xususiy-huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti v.b.,
Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Dilafruz Ilyosova,
Toshkent davlat yuridik universitetining
Ixtisoslashtirilgan filiali
2-kurs talabasi
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Toshkent davlat yuridik universitetining
Ixtisoslashtirilgan filiali
Xususiy-huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti v.b.,
Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Dilafruz Ilyosova,
Toshkent davlat yuridik universitetining
Ixtisoslashtirilgan filiali
2-kurs talabasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda