date

Superliga o'yinida ayol hakamlar ishlaydi

Superliga o'yinida ayol hakamlar ishlaydi
O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi matbuot xizmati rasmiy xabar berdi. Mamlakatimizda 2025-yilgi futbol Superligasi mavsumida ilk bor ayollar bosh hakam assistenti sifatida maydonga chiqadi.

“Surxon” va “Sho'rtan” jamoalari o'rtasidagi o'yinda Kristina Sereda va Zilola Rahmatova bosh hakamning yordamchilari sifatida ishtirok etadi. Shuningdek, Gulshoda Sayitqulova mazkur uchrashuvda zaxira hakami, Dildora Rustamova esa AVAR hakami bo'ladi.

Ushbu futbol uchrashuvi Superliganing 28-tur doirasida o'tkaziladi. Qayd etilishicha, ayol hakamlarning mazkur uchrashuvda faoliyat yuritishi ulkan tajriba bo'lib xizmat qiladi.

Kelgusida ayol hakamlar rasmiy futbol o'yinlarida muntazam ravishda ishtirok etishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Superliga o'yinida ayol hakamlar ishlaydi