Avlodlar to‘qnashuvi: nega zumerlar depressiya haqidagi seriallarga, milleniallar esa multfilmlarga oshno?

1 daqiqa o'qish1K

O‘zaro bilvosita raqobatda bo‘lib kelayotgan zumerlar (2000 yillardan keyin tug‘ilganlar) va milleniallar (1980 yillar oxiri – 1990 yillar o‘rtasida tug‘ilganlar) orasidagi farqlar nafaqat kiyinish uslubi yoki gajet tanlashda, balki ular iste’mol qiladigan media-kontentda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda, deb yozmoqda Peopletalk.

Zumerlar va depressiya mavzusidagi seriallar

Psixolog Anna Glushnevaning ta’kidlashicha, zumerlar psixik salomatlik mavzusida ochiq muloqot qilib ulg‘aygan avlod. Ular uchun depressiya, xavotir, o‘zlikni qidirish kabi mavzular tabiiy va dolzarb. Shuning uchun ham ular «Эйфория», «Половое воспитание», «Оставленные» kabi seriallarga qiziqish bildirishadi — bu loyihalar yoshlar hayotidagi murakkab emotsional holatlarni, ichki iztiroblar va jamiyatdagi o‘rnini topish kabi muammolarni realistik tarzda yoritadi.

Avlodlar to‘qnashuvi: nega zumerlar depressiya haqidagi seriallarga, milleniallar esa multfilmlarga oshno?

Avlodlar to‘qnashuvi: nega zumerlar depressiya haqidagi seriallarga, milleniallar esa multfilmlarga oshno?

Zumerlar uchun serial — bu:

– Tushunish va o‘zini anglash vositasi;

– Ommaviy reprezentatsiya va hamdardlik hissi;

– Psixologik normallashuv vositasi.

«Zumerlar tajribasizligi tufayli ko‘p hollarda media orqali o‘z hissiyotlarini anglashga harakat qilishadi. Ular uchun real drama – bu hayotning o‘zi, shunga yaqin bo‘lgan seriallar esa qiziq va muhim», – deydi psixolog.

Milleniallar va multfilmlarga muhabbat

Milleniallar esa, aksincha, ko‘pincha yoshlikda ko‘rilgan, xotiralarga boy bo‘lgan multfilmlarga oshno. Ularning sevimli loyihalari orasida “Ну, погоди!”, “Простоквашино”, “Домовёнок Кузя”, “Шрек”, “Король Лев” kabi klassik va zamonaviy animatsiyalar bor. Milleniallar uchun multfilm — bu real hayot murakkabliklaridan vaqtincha qochish, bolalik xotiralari orqali taskin topish usuli.

Avlodlar to‘qnashuvi: nega zumerlar depressiya haqidagi seriallarga, milleniallar esa multfilmlarga oshno?

Avlodlar to‘qnashuvi: nega zumerlar depressiya haqidagi seriallarga, milleniallar esa multfilmlarga oshno?

Multfilmlar milleniallar uchun:

– O‘tmishni sog‘inish va xotiralar manbai;

– Eskapizm – hayot muammolaridan vaqtincha qochish;

– Bolalikning beg‘am tuyg‘ulariga yana bir bor qaytish.

«Ular yoshlik davrida psixologik muammolar keng muhokama qilinmagan muhitda o‘sishgan. Shuning uchun ham emotsional bosimdan qutulishning usullari boshqacha — ko‘proq quvonch, yumor, xotirjamlik izlashadi», – deydi Anna Glushneva.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?